
“Manchester Yunayted” Frenki de Yong transferidan voz kechdi
"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas, deb xabar beradi “Football Transfers” nashri.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar klubi 25 yoshli gollandiyalikni transferga ko‘ndira olmaydi.
Qayd etilishicha, "qizil iblislar" yarim himoyachi Kataloniya klubidan olishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni qoplashdan bosh tortmoqda.
Eslatib o‘tamiz, uning joriy mavsumdagi maoshi yiliga taxminan 22 million evroni tashkil qiladi. “Ko‘k-anorranglilar” rahbariyatidan futbolchidan maoshini 50 foizga kamaytirishni yoki boshqa klubga o‘tishini talab qilmoqda.
Frenki o‘tgan mavsum kataloniyaliklar safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar