"Manchester Yunayted" futbolchisining ketishiga matlaqo qarshi

  • 25 sentabr, 2022, 09:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchi Markus Reshford bilan shartnoma uzaytirishga umid qilmoqda, deb xabar beradi "Daily Mail" nashri.

Tecno

Reshfordning shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi va "Yunayted" o‘z tarbiyalanuvchisini tarkibda saqlab qolishi kerak. Shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, ammo hozircha Markus yangi bitimni imzolashga shoshilmayapti.

"Yunayted" yangi yilga qadar Reshford bilan yangi kelishuvga erishishga umid qilmoqda, aks holda klub amaldagi shartnomasini avtomatik ravishda 12 oyga uzaytirish variantidan foydalanishga majbur bo‘ladi.

Agar klub bu variantdan foydalangansa, Reshford yanvar oyida boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Hozirda 24 yoshli Reshford haftasiga taxminan 180 ming funt oladi. Mish-mishlarga ko‘ra, hujumchi haftasiga 350 ming funt maosh oladigan jamoadoshi Jeydon Sancho darajasidagi maoshni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!