“Manchester Yunayted” gapga ko‘nmasa Ronalduni “sindirmoqchi”!

  • 13.08.2022 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UTD Report nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronalduga nisbatan qattiqqo‘llik qilishi kutilyapti.

Birinchi navbatda, klub xo‘jayinlari Ronaldu ketish istagini bildirayotgan bo‘lsa-da, uni qo‘yib yubormaslikka qaror qilgan.

Bundan tashqari, 37 yoshli futbolchi “gapga ko‘nmaydigan bo‘lsa” rahbariyat uni zaxiraga mixlab qo‘yishini uqtirmoqda.

Ronaldu jamoaning mavsumoldi yig‘inida qatnashmadi. U hali ham klubni tark etib, Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoaga o‘tish istagida yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!