"Manchester Yunayted" ham Saul uchun kurashga qo‘shildi

  • 03.04.2019 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Saul Niges yangi mavsumni Angliyada boshlashi mumkin.

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli Ispaniya terma jamoasi a’zosi uchun “Manchester Siti”ning ortidan uning hamshahari “Manchester Yunayted” ham kurashga qo‘shilgan. “Qizil iblislar” Saulni yozda PSJga o‘tishi aytilayotgan Ander Erreraga munosib o‘rinbosar bo‘ladi deb hisoblashmoqda.

O‘z navbatida “matraschilar” mahoratli futbolchisini 150 mln evro, ya’ni uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulidan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!