
“Manchester Yunayted” ikkita katta transferni hal qilmoqchi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning raqobatbardoshligini oshirish va sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilishi uchun ikkita katta transferga qo‘l uradigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari yozda “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong va “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Jed Bellingemni Angliya premer-ligasiga olib kelishga harakat qiladi.
Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yozda “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan Erik ten Xagning asosiy nishoni edi. Muzokaralar o‘tkazilganiga qaramay, Frenki sobiq ustozining yoniga qaytishni istamadi.
Manchesterliklar Bellingem “Birmingem”da o‘ynab yurgan kezlardan beri uni kuzatib keladi. Klub mutasaddilari o‘z vaqtida unga shartnoma ham taklif qilgan. Biroq, yosh futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun dortmundliklarning chorlovini qabul qilgandi.
Fikrlar