"Manchester Yunayted" Konferensiyalar Ligasining eng yaxshi oʻyinchisini koʻzlamoqda
"Manchester Yunayted" "Kristal Pэlas" klubi hujumchisi Ismoil Sarrga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda TEAMtalk nashri.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar 28 yoshli senegallik futbolchining vakillari bilan allaqachon bog‘langan va uning kelajagi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni olgan. Klub rahbariyati Sarrni hujum chizig‘i uchun mos nomzod deb hisoblamoqda. Sababi — uning universaliligi: u markaziy hujumchi sifatida ham, qanotlarda ham o‘ynay oladi.
O‘tgan mavsum Ismoil Sarr karerasidagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. U "Kristal Pэlas"ga UEFA Konferensiyalar Ligasida g‘olib chiqishga katta hissa qo‘shdi — musobaqada to‘qqizta gol urdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. Jami hisobda Sarr barcha musobaqalarda 20 ta gol muallifi bo‘ldi. "Jahon chempionati-2026"da esa to‘rtta gol urib, bir golli uzatma amalga oshirdi. Shu bilan birga, "Kristal Pэlas" o‘z yetakchisini sotish uchun juda katta miqdorda to‘lov talab qilishi kutilmoqda.

Fikrlar