"Manchester Yunayted" Maguayrga o‘rinbosar topdi

  • 28 sentabr, 2022, 18:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Garri Maguayr mavsumni juda yomon boshladi, shuning uchun u muntazam ravishda tanqidlarga duch kelmoqda. "Qizil iblislar" rahbariyati bu vaziyatni to‘g‘rilash maqsadida markaziy himoyachi qidirishga majbur. "CalcioMercato" nashri xabariga ko‘ra, ingliz klubi "Ayaks" futbolchisi Yurren Timberiga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Aytish joizki, yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted” birdaniga “Ayaks”dan ikki futbolchi – Lisandro Martines va Antoni xaridini amalga oshirdi. Katta ehtimol bilan “qizil iblislar” yana Amsterdam klubi bilan bog‘lanishadi.

Yurren Timberning transferi MYuga biroz qimmatga tushishi mumkin. Boisi, 21 yoshli himoyachi 45 million evroga baholangan. Ammo "Ayaks" bu summadan ko‘prog‘ini talab qilish ehtimoli katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!