"Manchester Yunayted" Milinkovich-Savich uchun 75 mln evrodan voz kechishga tayyor
"Manchester Yunayted" klubi hamon "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savichni sotib olish fikridan qaytmayapti.
La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 24 yoshli futbolchi uchun rimliklarga bonuslar bilan birga 75 mln evro to‘lashga tayyor. Uning o‘zi ham MYuga o‘tishga rozi.
Ta’kidlash lozimki, Milinkovich-Savichga shuningdek PSJ klubidan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, "Latsio" prezidenti Klaudio Lotito bundan avval bir necha bor Milinkovich-Savich 150 million evrodan kamiga sotilmasligini aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Milinkovich-Savich o‘tgan mavsum “Latsio” safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar