“Manchester Yunayted” nihoyat Ronalduni sotishga qaror qildi
“Manchester Yunayted” rahbariyati bir shart evaziga Krishtianu Ronalduni boshqa klubga sotib yuborishga tayyorligini bildirdi, deb yozmoqda ESPN jurnalistlari.
Manbaning ta’kidlashicha, agar Angliya premer-ligasiga daxli bo‘lmagan klub portugaliyalik yulduzning so‘nggi 12 oyga mo‘ljallangan shartnomasini o‘z zimmasiga olsa, klub Ronalduni qo‘yib yuboradi.
Ronaldu mazkur bitim bo‘yicha haftasiga 500 ming funt maosh olmoqda.
Krishtianuning o‘zi ham Chempionlar ligasida qatnashish uchun boshqa klubga o‘tishni istayapti. Da’vogarlar orasida “Bavariya” va “Chelsi” bor.

Fikrlar