“Manchester Yunayted” nimadan norozi?

  • 18 dekabr, 2020, 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Verder”ga  yosh yarim himoyachisi Taxit Chongni ijaraga bergan “Manchester Yunayted” futbolchini ortga qaytarishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda,  manchesterliklar 20 yoshli niderlandiyalik futbolchi Bundesligada muntazam maydonga tushib, asosiy tarkib uchun kurashadigan o‘yinchiga aylanishini rejalashtirgan edi.

Biroq, bir necha oy davomida ijarada yurgan Chong atigi 290 daqiqa o‘ynadi xolos. Manchesterliklar shu bois “Verder”dan norozi bo‘lmoqda.  Endi inglizlar futbolchini ortga qaytarib, qishki transferlar mavsumida unga asosiy tarkibdan joy kafolatlaydigan boshqa klubga jo‘natmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!