“Manchester Yunayted” “Nyukasl” futbolchisini sotib olmoqchi

  • 23 avgust, 2022, 17:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Nyukasl" hujumchisi Allan Sen-Maksiminni sotib olishga harakat qilib ko‘rmoqchi, deb xabar beradi ESPN.

Yozgi transfer oynasida 25 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Chelsi" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirishgan edi. Biroq tomonlar transfer bozorida bir qarorga kela olishmagan.

Hujumchi 2019 yilda "Nitstsa"dan "Nyukasl"ga o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2 yildan keyin yakuniga etadi.

Joriy mavsumda Sen-Maksimin “qora-oqlar” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali hujumchining narxini 32 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!