“Manchester Yunayted” o‘yinchisini zudlik bilan ijaradan qaytardi
“Manchester Yunayted” va “Napoli” mutasaddilari Aksel Tuanzebe transferi bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar barmoqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar iste’dodli himoyachni ijara asosida Neapolga jo‘natishga rozilik bergan.
Aytilishicha, futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, mavsum oxiriga qadar “Napoli” a’zosiga aylanadi.
24 yoshli angliyalik futbolchi manchesterliklar ijaraga yuborgan jamoa – “Aston Villa” safida jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning transfer summasi 8 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar