“Manchester Yunayted” qarorini o‘zgartirdi

  • 9 sentabr, 2021, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” anchadan beri Pol Pogbani yangi shartnomaga ko‘ndira olmaganidan keyin uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi qidiryapti.

Tecno

Ule-Gunnar Sulsher uning o‘rniga taklif qilmoqchi bo‘lgan futbolchilardan Eduardo Kamavinga “Renn”dan “Real”ga, Saul Niges “Atletiko”dan “Chelsi”ga o‘tib ketdi. Shu sababli manchesterliklar boshqa futbolchiga e’tibor qaratishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” mutasaddilari kelasi yozda “Lester” yarim himoyachisi Yuri Tilemansni transfer qilishga urinib ko‘radi.

“Lester” o‘z etakchini yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti va uni yaxshiroq narxda sotib yuborishga tayyor. Tilemans “Manchester Yunayted”dan tashqari “Liverpul”, “Barselona” va “Real” nishonida ham turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!