
"Manchester Yunayted" qarz botqog‘iga botmoqda
"Manchester Yunayted"ning qarzlari 286 million funtdan 338 millionga etdi. Klub vitse-prezidenti Ed Vudvordning aytishicha, qarzning o‘sib ketishiga jamoaning Evropa chempionlar ligasiga chiqa olmagani asosiy omil bo‘lgan.
Umuman olganda, "Manchester Yunayted"ning har sohada ishlari orqaga ketmoqda. Yaqinda, futbol akademiyasining ham ahvoli yaxshi emasligi haqida xabar berilgan edi.
Joze Mourino o‘ta katta mablag‘ga shakllantirayotgan bosh jamoa ham muxlisu mutaxassislar ishonchini oqlay olmayapti.
Fikrlar