“Manchester Yunayted” qimmat o‘yinchini oladi

  • 25 fevral, 2022, 07:11
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida Bundesligada porlayotgan Kristofer Nkunkuni xarid qilmoqchi.

“Leyptsig” tarkibida yuqori saviyada to‘p tepayotgan yarim himoyachiga Evropaning bir necha grandlari ko‘z tikmoqda. Tabiiyki, klub mutasaddilari mo‘may daromad evaziga uni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Manchesterliklar Nkunkuni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 75 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

24 yoshli o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha amal qiladi. Kristofer joriy mavsumda jami 33 ta uchrashuvda 22 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi. Uning bu statistikasi ko‘plab jamoalar e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!