"Manchester Yunayted" qishda futbolchi xarid qilmaydi

  • 2 noyabr, 2022, 19:12
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yanvar oyidagi transfer bozorida unchalik faol bo‘lmaydi. "Manchester Evening News" nashri jurnalisti Samuel Lakxyorstning yozishicha, “qizil iblislar” qishda birorta futbolchini sotib olishni mo‘ljallagani yo‘q.

Tecno

Oldinroq jamoa PSV Eyndxoven klubi hujumchisi Kodi Gakpoga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Taxminlarga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi tezroq jamoani tark etmoqchi bo‘lgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar bo‘lishi mumkin.

Diogo Dalot bilan raqobat yaratish maqsadidaa o‘ng qanot himoya chizig‘i uchun o‘yinchi sotib olishi haqida ham mish-mishlar tarqaldi. Biroq, manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" bu pozitsiya uchun yozda futbolchi xarid qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!