"Manchester Yunayted" "Real" futbolchisiga taklif tayyorlamoqda

  • 23 yanvar, 16:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" o‘z tarkibini kuchaytirish bo‘yicha variantlarni o‘rganmoqda. "TodoFichajes" portalining xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" "Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi Brahim Diasga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubida Dias hujum chizig‘iga kreativlik olib kelishiga ishonishmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, MYu 25 yoshli futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda. Aniq raqamlar oshkor qilinmagan, ammo taklif "sezilarli" bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Nufuzli "Transfermarkt" portali Brahim Diasning narxini 35 million evro atrofida baholamoqda. Futbolchining "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yunusov Bahrom
23/01/2025 23:31
50 dan kamiga sotmaydi