“Manchester Yunayted” “Real” futbolchisini oladigan bo‘ldi
Sulsher jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Real” sotuvga qo‘ygan Serxio Regilonni olishga qaror qildi.
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Sevils” tarkibida ijarada o‘ynab, Evropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan himoyachining trasnferini butunlay sotib oladi. Bu transfer uchun manchesterliklar 20-25 million evro atrofida xarajat qilishga rozi.
“Real” ham avvaliga ijaraga bermoqchi bo‘lgan futbolchisini to‘lig‘icha sotib yuborish maqsadida unga 20 million atrofida narx belgilagan edi.
Regilonga Sulsherdan tashqari “Tottenxem”, “Yuventus”, “Milan” kabi grand klublar murabbiylari ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar