
"Manchester Yunayted" "Real"ning yana bir futbolchisini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" "Real" yarim himoyachisi Marko Asensioga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi “Relevo” nashri.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar rahbariyati 26 yoshli ispaniyalik uchun 30 million evro taklif qilmoqchi. Qayd etilishicha, bu transferning amalga oshishi ehtimoli past, chunki “qaymoqranglilar” ustozi Karlo Anchelotti Asensio bilan xayrlashishni istamayapti va yangi mavsumda futbolchiga imkon bermoqchi.
Asensioning "Real" bilan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali ispaniyalik futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
O‘tgan mavsum vinger madridliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 42 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida, mankunianliklar yaqinda "Real" yarim himoyachisi Kazemironi sotib olgan edi.
Fikrlar