“Manchester Yunayted” Ronaldudan qolgan pulga boshqa o‘yinchi oladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati klubga qarshi borgan Krishtianu Ronaldu bilan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qildi.
Krishtianu Ronaldu kompensatsiya talab qilmasa, klub portugaliyalik yulduzga berilishi lozim bo‘lgan 16 million funtni tejab qoladi.
Manchesterliklar hozirdan Ronaldu o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan forvard qidirishni boshlab yuborgan. Mutasaddilari Ronalduning tegishini yangi o‘yinchi transferiga sarflashga qaror qildi.
Klub yanvar oyidagi transfer oynasida o‘ziga mos futbolchi qidiradi. Agar buning imkoni bo‘lma-sa, masalaning echimi yozga qoldiriladi.

Fikrlar