"Manchester Yunayted" safida yangi darvozabon tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 06.01.2023 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Kristal Pelas" darvozaboni Jek Batlend "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar tegishli muzokaralar olib borgan va barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan. 29 yoshli darvozabon allaqachon “qizil iblislar” tarkibida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

MYu Batlendni joriy mavsum oxirigacha ijaraga oladi. Ammo shartnomada futbolchining transferini to‘liq sotib olish haqida ham band bo‘ladi.

Transfermarkt portali darvozabonning narxini 1,5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!