
"Manchester Yunayted" tanqidlarga uchragan futbolchining o‘rniga Italiyadan variant tayyorlab qo‘ydi
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" Italiyaning "Milan" klubi markaziy himoyachi Alessio Romanolini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. 27 yoshli futbolchi ingliz klubi safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shilishi mumin. Sababi, futbolchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Manbada aytilishicha, Alessio "Manchester Yunayted" safida Garri Maguayrga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda. Chunki Angliya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum MYu muxlislari va mutaxassislar tomonidan jiddiy tanqidlarga uchramoqda.
Romanoli "Milan" klubi sardori hisoblanadi. U Italiya klubi sharafini 2015 yildan beri himoya qilib keladi. Alessio joriy mavsum "rossonerilar" safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan.
Fikrlar