
"Manchester Yunayted" urugvaylik futbolchisini vataniga qaytarib yubordi
“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Gilermo Varela Urugvayning “Penyarol” klubiga ko‘chib o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, 24 yoshli urugvaylik futbolchi “qizil iblislar” safiga 2013 yil kelib qo‘shilgan edi. Biroq, ko‘p o‘tmay u “Real”ning ikkinchi jamoasiga, so‘ngra esa frankfurtning “Ayntraxt” klubiga ijaraga berib yuborildi.
Ma’lumot uchun, Varela o‘zining professional futbolchilik faoliyatini aynan “Penyarol” klubida boshlagan.
Fikrlar