
"Manchester Yunayted" ustozi jahon chempionati favoriti qaysi jamoa ekanligini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadigan 2022 yilgi jahon chempionatida kimlarni favorit deb bilishini aytdi.
“Menimcha, Angliyada g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bor. Hozir ularda o‘yinchilar tanlovi juda katta. O‘ylaymanki, Angliya albatta turnirning asosiy favoritlari qatorida bo‘lishlari kerak", - deya fikr bildirdi gollandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli turnir Qatarda 20 noyabr - 18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Angliya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Uels, AQSh va Eron terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar