
“Manchester Yunayted” vunderkindni jahon chempionatida sinaydi
“Manchester Yunayted” skautlari Gana terma jamoasi a’zosi Abdul Fatavu Issaxakuning o‘yinlarini kuzatib bormoqda.
Angliyaliklar bu futbolchini transfer qilishni rejalashtirgan.
The Guardian nashri jutnalisti Ed Aaronsning yozishicha, “Sporting”da o‘ynayotgan 18 yoshli futbolchi kelajakda yuqori darajali o‘yinchiga aylanish uchun katta salohiyatga ega.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag bu futbolchining harakatlarini Qatardagi jahon chempionatida kuzatib boradi. Abdul Gana terma jamoasi safida o‘ynaydi. Bu futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, hozirgacha mamlakat bosh jamoasi safida 13 ta uchrashuvda qatnashib ulgurdi.
Fikrlar