"Manchester Yunayted" yozgi transferlarga qancha pul sarflamoqchiligi ma’lum
"Manchester Yunayted"ning yangi ustozi Erik ten Xag va uning murabbiylar shtabi yozgi transfer oynasiga tayyorgarlikni boshlab yubordi, deb xabar berdi De Telegraaf nashri.
Manbaga ko‘ra, yozda ingliz klubi xaridlar uchun 140 million evrodan ko‘proq mablag‘ sarflashga tayyor.
Qayd etilishicha, ten Xag "qizil iblislar" safiga olib kelmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatidan "Ayaks"ning ikki nafar etakchisi himoyachi Yurrien Timber va hujumchi Antoni, shuningdek, "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong joy olgan.
Murabbiy Angliya Premer-ligasining 38-turida "Kristal Pelas" - "Manchester Yunayted" uchrashuviga keladi.
Hozir "Manchester Yunayted" 58 ochko to‘plagan va APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar