
“Manchester Yunayted” zo‘r futbolchini olmaydigan bo‘ldi!
“Manchester Yunayted” himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Leyptsig”dan Nordi Mukieleni olmoqchi bo‘lgandi.
Aslida 24 yoshli frantsiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnikning asosiy nishoni edi.
Biroq, Erik ten Xag bu o‘yinchini olmaslikka qaror qildi.
Mukiele 2018 yildan beri Bundesligada o‘ynayapti. U himoya markazi va chap qanotda samalari o‘ynay oladi.
Nordi faoliyati davomida jami 240 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol va 14 ta assist muallifi bo‘lgan. Ayni paytda transfer summasi 20 million evroga baholanayotgan futbolchiga PSJ jiddiy qiziqish bildiryapti.
Fikrlar