
“Manchester Yunayted”da 19 kishi koronavirus yuqtirdi
The Telegraph nashri “Manchester Yunayted”da koronavirus yuqtirganlar soni ortib borayotgani haqida ma’lumot berdi.
Ayni paytda virus tufayli izolyatsiyaga olinganlar soni 19 nafarga etgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, ular orasida asosiy tarkib o‘yinchilari ham. Koronavirus epideniyasi tufayli manchesterliklarning “Brendford”ga qarshi o‘yini boshqa muddatga qoldirildi. Shuningdek, shanba kuniga mo‘ljallangan “Brayton” bilan bo‘ladigan uchrashuvning o‘tkazilishi ham so‘roq ostida qolmoqda.
“Manchester Yunayted”ning so‘nggi mashg‘ulotlarida Tom Xiton, Din Xenderson, Xarri Maguayr, Lyuk Shou, Xuan Mata, Jessi Lingard, Nemanya Matich, Donni van de Bek, Jeydon Sancho, Entoni Elanga va Meyson Grinvud kabi futbolchilar ishtirok etmadi.
Fikrlar