
“Manchester Yunayted”dan ketsang, o‘zingga ham bizga ham foyda!
“Manchester Yunayted”da ishga kirishish oldidan Erik ten Xag har bir futbolchining imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Niderlandiyalik mutaxassis bu mavsum katta muammolarga duch kelgan Markus Reshfordning “Manchester Yunayted”dan ketishi o‘yinchining o‘zi ham, klubga ham foydali bo‘ladi, degan qarorga keldi.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, Erik ten Xag Reshfordning ahvolini tahlil qilib chiqqanidan keyin shu fikrga kelgan.
Shuningdek, yangi bosh murabbiy jamoani vaqtincha boshqarib turgan Ralf Rangnikning “Yunayted”ga yaxshi saviyadagi ikkita hujumchi kerakligi to‘g‘risidagi fikri qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Shunga qaramay, ten Xag Angliyaga borganidan 24 yoshli hujumchi bilan uning kelajagi haqida gaplashib olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar