“Manchester Yunayted”ga Ronalduga o‘xshamagan hujumchi kerak

  • 14 avgust, 2022, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Times nashri “Manchester Yunayted” yana bir hujumchi qidirayotgani va olinadigan o‘yinchining o‘yin uslubi jamoa forvardlari Markus Reshford, Krishtianu Ronaldu va  Antoni Marsyaldan farq qilishi kerakligini yozmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, bu pozitsiyaga yasosiy nomzodlar biri sifatida “Shtutgart” hujumchisi Sasha Kalayjich tanlangan. Avstriyalik futbolchi “Admira” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yildan beri “Shtutgart” safida to‘p tepmoqda.

Kalayjichning bo‘yicha ikki metrni tashkil qiladi va tabiiyki, o‘yin uslubi ham bo‘yi baland futbolchilarga xos.

25 yoshli hujumchi faoliyati davomida klublar miqyosida jami 93 ta uchrashuv o‘tkazib, 36 ta gol va 22 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!