
“Manchester Yunayted”ga superdarvozabon keladi
Sulsher “Manchester Yunayted” darvozabonlari ro‘yxatida o‘zgarish qilmoqchi. David de Xea va Din Xendersonning o‘zaro raqobati jamoaning ichki muhitiga salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidlagan norvegiyalik murabbiy ulardan birini sotib, zaxiraga boshqa darvozabon olib kelishini bildirgandi.
Biroq, vaziyat o‘zgardi. David de Xea va Din Xendersonga ko‘p jamoalar xaridor bo‘lmoqda. “Manchester Yunayted” esa “Milan”ni tark etishga yaqin turgan Janluiji Donnarumma bilan kelishuvga erishdi. Italiya terma jamoasi posboni Manchesterga keladigan bo‘lsa, birinchi raqam egasi bo‘ladi va u zaxirada o‘tiradigan futbolchi emas.
Manchester Donnarumma uchun kurashda “Bavariya” va PSJni ortda qoldirgani aytilmoqda. 22 yoshli posbonnin transfer summasi 60 million evroga baholangan.
Fikrlar