
“Manchester Yunayted”ni boshqarishga kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi
“Manchester Yunayted” afsonasi Roy Kin jamoani boshqarish uchun “Atletiko” ustozi Diego Simeoneni olib kelishni maslahat bermoqda.
Manchesterliklar 2013 yilda ser Aleks Fergyuson jamoani topshirganidan keyin uni barqaror boshqaradigan mutaxassis topa olmayapti. Hozirgi murabbi Ralf Rangnik mavsum oxiriga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaradi. Yozda taklif etiladiganlar ro‘yxatida Maurisio Pochettino va Erik Ten Xag etakchilik qilmoqda.
- “Yunayted”ga kim to‘g‘ri keladi? Simeone, chunki uning xarakteri to‘g‘ri va kuchli. Hozir uning “Atletiko”dagi faoliyati oxiriga etadigan bo‘lib turibdi. Uni chaqiringlar.
Simeone – buyuk shaxs. U katta yutuqlarga erishgan. U o‘yinchilar bilan hisoblashib o‘tirmaydi. U kabi murabbiyni olib kelish ishlarni siljishiga sabab bo‘ladi.
“Yunayted” yaxshi jamoa, lekin unga mos murabbiy topish kerak. Agar munosib murabbiy bo‘lmasa, qolgan harakatlar barbod bo‘laveradi, - dedi Roy Kin.
Fikrlar