
“Manchester Yunayted”ning navbatdagi nishoni
Ralf Rangnik birinchi navbatda “Manchester Yunayted” himoyachisini kuchaytiradigan bo‘ldi. Germaniyalik mutaxassis buning uchun “Barselona”dan 22 yoshli Ronald Arauxoni olib kelmoqchi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Rangningning shaxsan o‘zi urugvaylik futbolchini Manchesterga olib kelishni talab qilyapti. Uning ta’kidlashicha, Virjil van Deyk “Liverpul”, Ruben Diash “Manchester Siti” futbolchilariga ta’sir o‘tkazganidek, Arauxo “Yunayted” o‘yinchilarini o‘z ortidan ergashtirishga qodir ekan.
Manchesterliklar bosh murabbiy nishonidagi o‘yinchi uchun 30 million evro berishga tayyor.
Arauxo “Barselona”ning asosiy tarkibida 2020 yildan beri o‘ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.
Joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda qatnashgan futbolchi o‘z vazifasini uddalashdan tashqari, bir juft gol ham urdi.
Fikrlar