"Manchester Yunayted"ning nigohi jahon chempioniga tushdi!

  • 17.03.2023 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish imkoniyatlari ustida ishlamoqda.

Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, "Betis" yarim himoyachisi Gido Rodriges "qizil iblislar"ning e’tiboriga tushgan. Ispaniya klubi esa 28 yoshli argentinalik futbolchini 30-35 million evroga sotishga tayyor.

Aytish joizki, Gido Rodriges dekabr oyida Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangandi. U Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda faqat bitta o‘yinda - guruh bosqichida Meksikaga qarshi o‘yinda 57 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Ma’lumot uchun, Gvido Rodriges “Betis” safida jami 130 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!