
"Manchester Yunayted"ning Ronaldu borasidagi rejalari ma’lum
"Manchester Yunayted"ning 37 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelajagi hamon noma’lum. “Goal” nashri xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” portugaliyalikning klubni tark etish haqidagi fikri o‘zgarishiga umid qilmoqda. Mankunianliklar hujumchini tarkibda saqlab qolish uchun bor kuchini sarflamoqda.
Oldinroq Ronaldu yozgi transfer oynasi vaqtida boshqa klubga o‘tish istagi borligini ma’lum qilgandi. Portugaliyalik futbolchi mankunianliklarning yangi xaridlar borasidagi qaroridan qoniqish hosil qilmadi. Shuningdek, u jamoaning keyingi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqa olmaganidan afsusda.
OAVda futbolchiga da’vogar klublar nomi allaqachon ma’lum qilingan: “Bavariya”, “Barselona” va “Chelsi”.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtianuning "Yunayted" bilan shartnomasi kelasi yozigacha amal qiladi.
Fikrlar