Manchesterdan ketishga tayyorman!

  • 26 iyul, 07:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning chap qanot himoyachisi Lyuk Shou ham jamoani tark etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda  The Sun nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi o‘ziga Saudiya Arabistonidan jiddiy chorlov bo‘layotganidan xabari bor va bu taklifni muhokama qilishga rozilik berdi.

Shou keyingi yillarda salomatligidagi muammolar tufayli yuqori darajada o‘ynay olmayapti. Jumladan, o‘tgan mavsumda ham himoyachi atigi 12 marta maydonga tushdi xolos.

“Manchester Siti” bosh murabbiy Ruben Amorim Shouning ko‘p jarohat olayotganidan kelib chiqib, yanvarda jamoaga Patrik Dorguni taklif qildi. Yaqinda manchesterliklar chap qanot himoyasiga Diego Leonni qo‘shib oldi.   

Lyuk Shouning transferi yoz ichi amalga oshmasa, yanvarga qoldirilishi mumkin. Tajribali himoyachi mavsum boshidagi o‘yinlarda o‘zini sinab ko‘rmoqchi. Manchesterliklar bu o‘yinchiga haftasiga 150 ming funt miqdorida maosh to‘lab kelyapti va undan imkon qadar tezroq qutilmoqchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!