Manchesterlik futbolchilar o‘z hujumchisidan norozi

  • 10 avgust, 15:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning bir guruh futbolchilari jamoa hujumchisi Rasmus Xoylundning imkoniyatlariga shubha bilan qaramoqda va uning harakatlaridan norozi.

Tecno

Aslida bir necha o‘yinchi 2023 yilning yozida Xyoylundning “Atalanta”dan transferiga qarshi chiqqan. Chunki bu futbolchi Manchesterga ko‘chib o‘tishdan bir oy oldin jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiy Erik ten Xag manfaatlarini himoya qilayotgan agentlik bilan hamkorlik o‘rnatgan edi.

Shunga qaramay, “Yunayted” Italiya klubiga qariyb 78 million evro to‘lab, daniyalik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Oradan ikki yil o‘tsa ham, futbolchilarning Xyoylundga munosabati o‘zgarmadi.

Manchester Evening News nashrining yozishicha, manchesterlik o‘yinchilarning aksariyati 22 yoshli forvard himoyaga yordam bermasligi, pressinglarda faol emasligi va ikkinchi qavatdagi kurashlarni ko‘p boy berishidan e’tiroz qilyapti.

Xyoylund “Manchester Yunayted” safiga qo‘shilganidan beri 95 ta uchrashuvda qatnashib, 26 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi. Uning shartnomasi yana uch yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!