
Manchesterliklar Bundesliga kashfiyotini nishonga oldi
“Manchester Yunayted” tarkibini kuchaytirish maqsadida Germaniya Bundesligasida o‘yini ochilib borayotgan hujumchi Ugo Ekitikeni transfer qilishni istayapti.
Frantsiyalik yosh forvard hozirda «Ayntraxt» klubida ijarada o‘ynamoqda va bu mavsumdagi a’lo natijalarini inobatga olib, manchesterliklar unga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
22 yoshli Ekitike asli PSJ o‘yinchisi hisoblanadi. Frantsiya chempionlari safida ishi yurishmaganidan keyin 2024 yilning fevralida “Ayntraxt”ga ijaraga o‘tgan edi. Nemis klubi yozda uning transfer huquqini 16,5 million evroga sotib oldi.
Joriy mavsumda frantsiyalik forvard barcha turnirlarda 38 o‘yinda 19 gol urdi va 8 assistni amadga oshirdi. Bu natijasi orqali Evropaning bir qator katta klublar diqqatini o‘ziga qaratdi.
“Manchester Yunayted” katta umidlar bilan xarid qilgan Rasmus Xyoylunn va Joshua Zirkzee transferlari muvaffaqiyatli chiqmadi. Shu bois, manchesterliklar hujum chizig‘iga ko‘p gol ura oladigan markaziy hujumchi olib kelmoqchi.
Klub nishonida Ugo Ekitikedan tashqari Benyamin Sheshko, Viktor Dyokeresh va Viktor Osimxen ham bor. Biroq bu transferlarni amalga oshirish ancha qiyin va qimmat hisoblanadi.
Fikrlar