Manchesterliklar mundialda o‘ynagan futbolchidan voz kechishga qaror qildi
Argentina terma jamoasi bilan 2026 yildgi jahon chempionatida yettita uchrashuvda ishtirok etgan markaziy himoyachi Lisandro Martinesning “Manchester Yunayted”dagi kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda.
Jurnalist Endi Mittenning ma'lum qilishicha, agar manfaatli taklif tushsa, manchesterliklar tajribali himoyachini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Klub futbolchining o‘yinidan mamnun, ammo uning tez-tez jarohat olishi sababli uzoq muddatli istiqbollariga ishonchi to‘liq emas.
Lisandro Martinesning amaldagi shartnomasi yana bir yil amal qiladi. Katta ehtimol bilan, 28 yoshli futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda maoshini oshirishni talab qiladi.
O‘tgan mavsumda u 19 ta uchrashuvda qatnashdi va samarali harakatlar qayd etmadi.

Fikrlar