
Manega Saudiyaning "Al-Ittifoq" klubidan taklif kelib tushdi
"Bavariya" futbolchisi Sadio Mane faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Unga "Al-Ittifoq" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Myunxen klubi Sadio bilan xayrlashishga qarshi emas. Biroq futbolchining o‘zi hali Evropadan ketishni rejalashtirmayapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Manega PSJ, "Real" Madrid va Angliyaning bir qator klublari taklif yuborgan. Futbolchi va "Bavariya" o‘zaro kelishib, tezda yakuniy qaror chiqarishi kutilmoqda.
Fikrlar