
Mansur Saidov, Dilyor Ermatov va boshqalar bilan shartnomalar tuzildi
Farg‘onaning “Istiqlol” klubi ham pro-liga mavsumiga tayyorgarlikni davom ettiryapti. Yaqinda jamoa "Hokim kubogi" musobaqasida finalga qadar etib keldi. Aftidan, bu jamoaning maqsadi jiddiyga o‘xshaydi. Ular pro-ligada shunchaki ochko ulashuvchi raqib rolini bajarmaslik uchun ham tarkibini tajribali o‘yinchilar hisobiga to‘ldiryapti.
Yaqinda bir qator etakchi futbolchilar “Istiqlol”ga ko‘chib o‘tganliklari haqida xabar bergandik. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Mansur Saidov, Dilyor Ermatov, Pavel Smolyachenko, Farrux Turdaliev, Sardor Sotvoldiev, Abduholiq Qurbonov, Ahror O‘ktamov va Elyor Mamasoliev bilan rasman shartnoma tuzildi.
Fikrlar