Marca: Mbappe 180 million evro evaziga “Real”ga o‘tmoqda
Frantsiyaning “Monako” klubi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga yaqin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Real” Kilian Mbappega qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga qaraganda, madridliklar yaqin kunlarda Mbappeni o‘z saflariga qo‘shib olishadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “qirollik klubi” Kilianga 160 million evro va bogus sifatida yana 20 million evro berishmoqchi.



Fikrlar