Mario Kempes: Agar Messi "JCh-2026"ga borishni istasa, PSJda qolgani ma’qul

  • 31.03.2023 05:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik sobiq futbolchining fikricha, Leo Messi Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan mundialgacha Parij klubida qolishi kerakligi haqida gapirdi.

"Agar u keyingi Jahon chempionatida ham qatnashishni istasa, Frantsiyada qolgani yaxshi. U erda ko‘proq dam olish mumkin. Biroq Leo Chempionlar ligasida buning uchun ma’lum darajada tovon to‘laydi.

Agar u PSJda qolsa, uch yildan so‘ng bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga mukammal darajada tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, hammasi Messining sport formasiga qarab oydinlashib boraveradi”, - dedi Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi "TyC Sports" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSh, Meksika hamda Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!