Marokash qahramonini super klubda kutishmoqda

  • 1 yanvar, 2023, 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer huquqi Ispaniyaning “Sevilya” klubiga tegishli bo‘lgan marokashlik darvozabon Yasin Bunu faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Tuttomercatoweb nashri xabariga ko‘ra, Qatardagi mundialda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan posbonga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Qizil iblislar” Bununi mavsum yakunida shartnomasi yakuniga etadigan ispaniyalik darvozabon David de Xeaga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. “Bavariya” esa bu borada mankunianliklarning asosiy raqobatchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli darvozabonning andalusiyaliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portali esa uning narxini 15 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!