
Marselo, Azar va Beyl "Espanol"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi
Ispaniya La Ligasining 16-turida "Real" "Espanol"ga qarshi bahs olib boradi va ushbu o‘yin uchun madridliklarning qaydnomasi ma’lum bo‘ldi.
Jarohati tufayli Marselo, Garet Beyl va Eden Azar bellashuvni o‘tkazib yuborishadi. Bundan tashqari, Necho Fernandes va Mariano Dias ham qaydnomaga kiritilmagan.
Shu qatorda, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan so‘nggi bor 9 noyabr kuni jamoa safida maydonga tushgan Braim Diasni qaydnomaga kiritdi.
Quyida 16-turda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.
Hujumchilar: Karim Benzema, Luka Yovich, Braim Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.
Fikrlar