"Mash’al"dagi totalizator o‘ynagan futbolchilarni tekshirish fikri klubning o‘zidan chiqqan!

  • 27 dekabr, 2022, 16:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Mash’al" jamoasining bir necha futbolchilari kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani borasida xabarlar chiqqandi. Bu haqda klub matbuot xizmati o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

"Pro-liganing yakuniga etgan mavsumida “Mash’al” juda ko‘p omadsiz bahslarni o‘tkazdi. Dastlab chempionatda etakchilik va peshqadamlik qildi. Ammo ikkinchi davrada buning mutlaqo aksi bo‘ldi.

Jamoa bunday qator mag‘lubiyatlar girdobida qolayotganidan esa klubning mas’ullari shubhalanishdi. Voqealar rivoji qanday tus olgani bugun barchaga ma’lum. Sirojiddiin Rahmatullaev va Nikita Pavlenko bir yil katta futbol havosidan mahrum qilindi. Ravshan Yagudin va Doston To‘xtaboevlar esa jamoadoshlarining qilayotgan ishini sir tutgani tufayli so‘nggi ogohlantirishni oldi.

“Mash’al” mag‘lubiyatlarni emas, katta mavsum va chiroyli g‘alabalarni xohlaydi. Yuqoridagi holatlarni aynan klub raxbariyati va murabbiylar shtabi say-harakati bilan ochiqlanishiga erishildi. Keyingi mavsumda esa jamoaning har bir katta va kichik a’zosi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi!

Biz kelishilgan o‘yinlarga mutlaq qarshimiz va halol o‘yin tarafdorimiz", - deyiladi "Mash’al" klubining "telegram"dagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!