
"Mash’al"ni hozircha hech kim tark etmadi
"Mash’al" klubi Aleksandr Xomyakov boshchiligida 19 dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Yig‘inda asosan o‘tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar, birinchi liga va yoshlar ligasidan bir necha futbolchilar ishtirok etmoqda. Ayni vaqtda jamoani tark etgan futbolchilar yo‘q.
Qolaversa, bugun muborakliklar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlar topshirishdi.
Fikrlar