Mashhur futbolchi Mourinoga yordam beradi
"Tottenxem" sobiq sardori Ledli King Joze Mourino murabbiylari shtabiga kirish uchun klub bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Bir muddat oldin, Mourinoning yordamchilaridan biri Rikardu Formozinyu londonliklar murabbiylari safinini tark etgan edi.
Ta’kidlanishicha, King Formozinyu o‘rnini egallamaydi, biroq u bir qancha raqiblarga qarshi bahsda portugaliyalik mutaxassisga tayyorgarlik ishlarida ko‘mak beradi.
Ma’lumot o‘rnida, sobiq futbolchi 2012 yildan buyon "Tottenxem" elchisi sifatida ishlab kelmoqda.

Fikrlar