
Mashhur hujumchi ikki yil tovonidagi shisha sinig‘i bilan futbol o‘ynab yurgan ekan
Futbolchilar bilan ba’zan g‘ayri oddiy hodisalar ham yuz beradi. Ana shunday voqealardan biri Ispaniyada qayd etildi.
Bilbaoning “Atletik” jamoasi hujumchisi Inyaki Uilyams ikki yil davomida tovoniga kirgan shishi sinig‘i bilan futbol o‘ynab yurgani aniqlandi.
Bu haqda basklar klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ikki yil muqaddam Inyaki avtohalokatga uchragan ekan. O‘shanda mashg‘ur hujumchi shisha sinig‘ini bosib olgan va tovoniga shishi bo‘lagi kirib ketgan.
Shifoxonada Uilyamsning jarohatlari tikilgan va tovonidagi shisha bo‘lagi olinmay, qolib ketgan.
Keyingi paytlarda futbolchi tovonida noqulaylikni his qilayotganidan shikoyat qila boshladi. MRT tekshiruvlari futbolchi oyog‘i tagida ikki santimetr atrofida shishi bo‘lagi borligini ko‘rsatdi. Inyaki shu tufayli jarrohlik stoliga yotishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar