
Mashhur trio tarqalish arafasida! Firmino bugun "Enfild"dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi
Birozdan so‘ng APL 37-turi doirasida "Liverpul" o‘z maydonida "Aston Villa"ni qabul qiladi. Uchrashuv "Enfild Roud" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bellashuv liverpulliklar hujumchisi Roberto Firmino uchun klub maydonidagi so‘nggi bahs bo‘ladi. Avvalroq, Robertoning mavsum yakunlangach, "Liverpul"ni tark etishi haqida xabar bergandik.
Shu bilan mersisaydliklarning mashhur triosi tarqaladigan bo‘ldi. Sadio Mane allaqachon "Bavariya"da, "Bobbi" ham klubdan ketadi. Faqatgina Saloh hamon "qizillar" sharafini himoya qilishni davom ettiradi.
Ma’lumot o‘rnida, Roberto "Liverpul"dagi faoliyati davomida 360 o‘yinda qatnashib, 109 ta gol va 79 ta assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar